Kontent qismiga oʻtish

Alleycat's Pizza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alleycat's Pizza
Restaurant information
Asos solingan 2004-yil
Food type pitsa
Davlat Taypey
Mamlakat Tayvan
Vebsayt alleycatspizza.com

Alleycatʼs Pizza, odatda oddiygina Alleycatʼs deb ham ataladi, 2004-yilda Tayvanning Taypeyida ochilgan pitseriya tarmogʻi. Lishui koʻchasidagi binoning kichik podvalida oʻz faoliyatini boshlagan[1]. U butun Taypey boʻylab oʻn ikkita joyda oʻz filiallarini ochgan. 2023-yil holatiga koʻra, Taypeydagi 1914-uyda bitta joy, Huashan ijodiy bogʻida yana bir filial oʻz faoliyatini boshlagan.

Alleycatʼs Pizza kompaniyasining faoliyati 2004-yilda asli janubiy afrikalik muhojir Alan Pontesning oilasi tomonidan boshlangan. Tayvanda italyan pitsasining tanqisligi, Pontesga oʻzining pechkada pishiriladigan pitsa restoranini ochish gʻoyasini bergan[2]. U koʻproq anʼanaviy pitsa tulariga (Sharqiy Osiyo oshxonasiga asoslangan mahalliy mashhur taomlardan farqli oʻlaroq) chet ellik aholi orasida uzoq vaqtdan beri sezilgan ehtiyojni koʻrib chiqqan. Ikkinchi joy Neihuda 2006-yil boshida ochilgan, uchinchisi esa Tienmudagi sobiq VFW post binosida ochilgan.

2007-yilda Pontes qisqa muddatga Tayvanni tark etgan va Alleycatʼs Pizza tarmogʻi Mark Thomasga sotilgan. Pontes 2008-yilda Tayvanga qaytib kelgan va yangi Yuma Southwest Grill restoranini ochgan[3]. Yuma Southwest Grill keyingi yil biznesdagi faoliyatini oʻz nihoyasiga yetkazgan.

Alleycatʼs Pizza tablosida qora-qizil yozuvda kompanya nomi yozilgan. Tarmoq vaqti-vaqti bilan reklama aksiyalari uchun turli illyustratsiyalardan foydalangan boʻlsa-da, doimiy logotipdan foydalanmaydi.

  1. „RESTAURANTS : Alleycat's“. Taipei Times (2011-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 14-oktyabr.
  2. „Alleycat's Pizza - About“. Alleycats (2012). 2015-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-sentyabr.
  3. „RESTAURANT REVIEW: Yuma Southwestern Grill“. Taipei Times (2011-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 14-oktyabr.